Qozog‘iston 4 kunlik ish haftasiga o‘tishni rejalashtirmoqda
Qozog‘istonning Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ijtimoiy himoyaga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Qonun loyihasining asosiy yangiliklaridan biri qozog‘istonliklarning 4 kun ishlash imkoniyatidir.
Qayd etilishicha, hujjat loyihasi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Murojaatnomasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, Ijtimoiy Kodeks loyihasi qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan.
«Qonun loyihasini ishlab chiqishdan maqsad Qozog‘iston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini Ijtimoiy Kodeksning qabul qilinishiga muvofiqlashtirish zarurati edi», – deyiladi eslatmada.
Qonunning qabul qilinishi mehnat bozori barqarorligini ta’minlash, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning shaffofligi va maqsadliligini oshirish hamda mehnat sohasidagi keskin vaziyatlarga tezroq javob berishga ko‘maklashishi kutilmoqda.
«Mehnat shartnomasida tomonlarning kelishuviga ko‘ra, besh yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to‘rt kunlik ish haftasini belgilashga ruxsat beriladi», – deyiladi qonun loyihasida.
Bunda to‘rt kunlik ish haftasi bilan qo‘shimcha ishlarning umumiy davomiyligi oyiga o‘n ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter