Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizil xoch Ukrainadan chiqib ketmoqda

Qizil xoch Ukrainadan chiqib ketmoqda

Foto: Twitter

Qizil xoch xalqaro tashkiloti Ukrainadagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot vakiliga asoslanib Reuters xabar berdi.

Qizil xoch tashkiloti xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu qarorga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10-oktyabr kuni Ukrainaga, jumladan Kiyevga Rossiya tomonidan ko‘plab raketa zarbalari berilgan edi. Jami 75 ta raketa uchirilgan bo‘lib, 41 tasini Ukraina havo mudofaasi zararsizlantirgan. Qurbonlar va yaradorlar bor, ularning aniq soni ma’lum emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring