Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga uringan shaxs ushlandi
Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olishga uringani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, Imomidin Toshov Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. U Olmaotadan Qora-Boltaga ketayotganida qo‘lga olingan.
Yanvar oyida xavfsizlik kuchlari davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilingan guruhga qarshi operatsiya o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar Tashov tomonidan moliyalashtirilgani haqida ma’lumot olgan.
1983 yilda tug‘ilgan Toshov qidiruvda bo‘lgan vaqtida hokimiyatni egallab olish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholini yo‘ldan og‘dirgani aytiladi. Hozirda tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter