Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda birinchi IT xab ochildi

Qirg‘izistonda birinchi IT xab ochildi

Foto: President.kg

Joriy yilning 10-aprel kuni Bishkek shahrida mamlakat prezidenti Sadir Japarov ishtirokida Qirg‘izistondagi birinchi IT xab "Tyexnopark"ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Raqamli rivojlanish va innovatsion texnologiyalar vaziri Azamat Jamangulov, Bishkek shahar meri Aybek Junushaliyev, shuningdek, IT kompaniyalar, biznes hamjamiyat vakillari va yangi texnopark rezidentlari ham ishtirok etishdi.

Prezidentni "Texnopark"da IT sohasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi yuqori texnologiyalar parki ko‘magida qirg‘izistonlik dasturchilar tomonidan yaratilgan BilimBot roboti davlat tilida mulozamat ila kutib oldi.

“Bugun biz mamlakatimizni yanada rivojlantirish uchun muhim poydevor bo‘ladigan IT xabni ishga tushirmoqdamiz. Bir paytlar ushbu joyda respublika iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shgan zavod bo‘lgan. Yillar o‘tdi, zamonlar o‘zgardi va endi tadbirkorlar tashabbusi va davlat qo‘llab-quvvatlashi tufayli IT biznes uchun zamonaviy platforma ochilmoqda va bu yerda IT biznesning yangi taraqqiyot timsoliga aylansin. Sizlarni ushbu muhim voqea bilan muborakbod etaman“, – dedi, ochilish marosimida so‘zga chiqqan Sadir Japarov.

Raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va tadbirkorlik markaziga aylanuvchi mazkur "Texnopark"da dasturchilar, dizaynerlar, tahlilchilar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxassislar uchun ham barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

14 ming kvadrat metr maydonga ega IT xab jami 1500 ta ish o‘rniga mo‘ljallangan.

Aytish joizki, IT xabni ishga tushirishning ilk bosqichi 2023-yilda amalga oshirilgan edi. Bugungi kunga kelib esa texnoparkda uch mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan.

Hozirda bu yerda 250 ta rezident kompaniya faoliyat yuritadi. Shuningdek, 115 ta alohida ofis va 344 ta ochiq maydonda ham ish joylari mavjud.

Ushbu IT xabning ochilishi Qirg‘izistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi va innovatsion loyihalar va startaplarning o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring