Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaytalangan dard. Afrikada yana Ebola epidemiyasi boshlangani ma’lum qilindi

Qaytalangan dard. Afrikada yana Ebola epidemiyasi boshlangani ma’lum qilindi

Gvineyaning janubi-sharqida Nzerekore prefekturasi va Guyeke tumanida Ebola epidemiyasi qayd etildi. Sog‘liqni saqlash vaziri raisligida o‘tkazilgan inqiroz yig‘ilishi paytida epidemiya tarqalishiga qarshi kurashish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejaga kiritilgan. Shu jumladan kasallarni aniqlash va ular bilan aloqada bo‘lgan barcha odamlarni ajratish ishlari zudlik bilan amalga oshirilishi ta’kidlangan.

«Bizda hozirda Ebola virusini yuqtirishning yetti holati aniqlangan. Bular to‘rt erkak va uch ayol. Uch kishi vafot etdi. Uch kishi izolyasiya qilingan»,- deydi Sanitariya xavfsizligi agentligi rahbari Sakoba Keyta.

Gvineya sanitariya ma’muriyatining ta’kidlashicha, Ebola gemorragik epidemiyasi bilan kasallangan birinchi holat Gyuki shahrida 28-yanvarda vafot etgan hamshirada qayd etilgan. Ayol 1-fevral kuni dafn etilgan.

Sakoba Keytaning so‘zlariga ko‘ra, dafn marosimidan bir necha kun o‘tgach, bir necha kishi kasallik alomatlarini his qila boshladilar: diareya, qusish, qon ketish va isitma. 

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Gvineyaga yordam berish uchun zudlik bilan mavjud resurslardan foydalanishini e’lon qilgan. 2014-2016-yillarda Gvineya G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasining markazlaridan biriga aylangan. Qit’aning ushbu qismida 11 mingdan ortiq odam vafot etgan. Umumiy hisobda 28 mingdan ortig‘ kishi kasallik bilan og‘rigan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring