«Yana ko‘rshapalaklar...»: O‘limga sabab bo‘luvchi yuqumli virus aniqlandi — Gvineya
Afrikaning Gvineya mamlakatida Marburg gemorragik istimasini chaqiruvchi kam uchrovchi virusni yuqtirish bo‘yicha gumonli holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ma’lum qilishgan.
Gvineyadagi ikkita laboratoriya virusni yuqtirganlik bo‘yicha ehtimolni tekshirib ko‘rdi. Bu chindan ham Marburg virusi ekanligini tasdiqlash uchun namunasi Senegalga yuborilgan. Hukumat virus yuqtirilgan tumanda nazoratni kuchaytirgan.
Marburg virusi — o‘lim darajasi yuqori, virusga qarshi maxsus davolash vositalari mavjud bo‘lmagan kasallik sanaladi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida. Taxminlarga ko‘ra, Pteropodidae oilasiga mansub ko‘rshapalaklar (Rousettus aegypti) Marburg virusining tabiiy tashuvchilaridir. Virus ko‘rshapalaklardan odamga o‘tadi, keyin esa odamlar o‘rtasida o‘zaro ko‘chib yuradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter