Gvineyada 9 futbolchi halok bo‘ldi. Ular orasida «Liverpul» a’zosining qarindoshi ham bor
Gvineya poytaxtidan 250 kilometr uzoqlikda avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avtobusda futbol jamoasi bo‘lgan.
YTH natijasida to‘qqiz nafar futbolchi halok bo‘ldi, deb xabar tarqatgan Gvineya professional futbol ligasi.
Liverpool Echo ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida Almami Keyta ham bor. U «Liverpul» yarim himoyachisi Nabi Keytaning amakivachchasi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter