Kongoda o‘ta yuqumli kasallik bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi
Kongo Demokratik Respublikasining Shimoliy Kivu provinsiyasida Ebola bezgagini yuqtirish bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi, deya xabar berdi mahalliy «7sur7» portali Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Qayd etilishicha, 1-fevralda bir kun oldin turmush o‘rtog‘i Ebola bilan kasallangan ayolda xastalikning o‘ziga xos alomatlari kuzatilgan. 3-fevral kuni u Shimoliy Kivu Butembo shahridagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Idoraning izohlashiga ko‘ra, voqea joyida mutaxassislar shug‘ullanishmoqda. Tez orada Butemboga ham ekspertlar yuboriladi.
Kongo Demokratik Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Longondo Eteni o‘tgan yilning 18-noyabr kuni Ekvatorial provinsiyada 50 dan ortiq fuqaroning o‘limiga olib kelgan Ebola bezgagining 11-epidemiyasi tugaganligini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter