Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kongoda 14 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi

Kongoda 14 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi

Foto: «AP Photo / Jerome Delay»

Kongo Demokratik Respublikasi g‘arbida Kvango provinsiyasidagi deputatlar milliy parlament spikeri Kristof Mbozoga mintaqada noma’lum kasallik epidemiyasi kelib chiqishiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rishni so‘rab murojaat qildilar. Bu haqda mahalliy «Actualite» nashri xabar berdi.

«Noma’lum kasallik vatandoshlarimizni o‘ldirmoqda, 14 kishi olamdan o‘tdi. Ushbu kasallikning kelib chiqishi hanuzgacha noma’lum», — dedi parlament a’zosi Pasi Zapamba.

Viloyat gubernatori Jan-Mari Pti-Pti o‘z navbatida Frans Press agentligiga ma’lum qilishicha, noma’lum kasallik ilk bor bir oy oldin qayd etilgan. Hozirgacha faqat 60 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan keksa odamlar uning qurboniga aylanishgan. Ularning hammasi Kasongo-Lunda hududida istiqomat qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring