Portugaliya va Efiopiya yo‘lovchi samolyotlari osmonda to‘qnashib ketishiga bir bahya qoldi
Lubumbashi (Kongo DR janubi) shahri osmoni uzra parvoz qilayotgan ikki samolyot bir-biriga to‘qnashib ketayozdi. «Frans Press» agentligi ma’lum qilishicha bular «Ethiopian Airlines» va «TAP» (Portugaliya) aviakompaniyalariga qarashli samolyotlar bo‘lgan.
Kongo transport vazirligi milliy havo yo‘lagida aviahalokat ro‘y berishi mumkinligi ehtimoli juda yuqori bo‘lganini tasdiqladi.
Vazirlik vakiliga ko‘ra, Addis-Abebadan Vindxukka va Lissabondan Maputoga parvozni amalga oshirayotgan samolyotlar dispetcherlik xizmatlari bilan yomon aloqa tufayli xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan. Aeronavigatsiya qurilmalari, xususan, bir nechta antenna-retranslyatorlar ishlamay qolgani ham favqulodda vaziyatga olib kelgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter