Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadan Buxoroga uchgan samolyotning shassisi yopilmay qoldi

Moskvadan Buxoroga uchgan samolyotning shassisi yopilmay qoldi

Foto: «VisualRian»

Moskvadan Buxoroga uchgan Sukhoi SuperJet-100 (SSJ-100) samolyoti, shassisi yopilmay qolgani haqidagi signaldan so‘ng, Vnukovo aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Vesti» xabar berdi.

«Aeroflot» kompaniyasiga qarashli ushbu samolyot Moskva vaqti bilan 7-may soat 20:00 da parvoz qilgandi. Shassisi yopilmay qolganidan so‘ng, qo‘nishni amalga oshirish uchun, samolyot yonilg‘isini yoqib tugatish maqsadida ikki soat Podmoskove va Yangi Moskva osmonida uchib yurgan.

TASS xabariga ko‘ra, shundan so‘ng samolyot Vnukovo aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nishga tayyorlangan. Birinchi urinish omadsiz chiqdi. Ikkinchi marta aylanib kelgan samolyot yerga eson-omon qo‘ndirilgan.

Agarda shassida nosozlik yuz bermaganida SSJ-100 samolyoti 3 soat va 55 daqiqadan so‘ng Buxoroga qo‘nishi kerak edi. Endi ushbu reys yo‘lovchilari zaxira samolyotda Buxoroga uchishadi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot: Sukhoi Superjet 100 — Rossiyada ishlab chiqarilgan, yaqin magistral uchun mo‘ljallangan, tor fyuzelyajli yo‘lovchi samolyotlari bo‘lib, 87 nafardan 108 nafargacha yo‘lovchini 3 050 dan 4 600 kilometrgacha masofaga eltishga mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring