Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Makronning suhbati nega olti soatga cho‘zildi?

Putin va Makronning suhbati nega olti soatga cho‘zildi?

Foto: «RIA Novosti»

Kecha, 7-fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar qariyb olti soat davom etdi. Ikki mamlakat rahbarlari o‘zaro «sen»lashib gaplashgan uchrashuv favqulodda uzoq vaqt davom etganiga Kreml izoh berdi.

«Putin va Makron o‘rtasidagi muzokaralarning davomiyligi vaziyatning g‘ayrioddiyligi va batafsil muzokaralar zaruriyati bilan izohlanadi», — dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 8-fevral kuni jurnalistlarga.

Kreml Putin va Makronning suhbati cho‘zilishiga tayyormidi? Peskov bunga javoban prezidentlar juda mazmunli va yaxshi muloqotga kirishgani hamda muhokama qilinayotgan vaziyatning murakkabligini tushuntirdi.

Makron Kiyevga jo‘nab ketishidan avval Moskvada tunab qolishga qaror qilgandi, shu bois Kremldagilar muzokaralar cho‘zilishiga shay edi. Matbuot anjamanidan so‘ng ham prezidentlar kamida 20 daqiqa suhbat qurishdi, dedi Peskov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring