Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Ukrainaga yangi ayblov qo‘ydi

Putin Ukrainaga yangi ayblov qo‘ydi

Rossiya prezidenti  Vladimir Putin Ukrainani saylovlarni buzishga urinishda aybladi

Vladimir Putin Ukraina prezidentlik saylovlarini buzish uchun Rossiyadagi tinch aholi punktlariga hujum qilayotganini aytdi.

Shuningdek, u hujumlar jazosiz qolmasligini aytdi.

Bu haqda Putin Rossiya Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. «Dushman raketalari va snaryadlarining qariyb 95 foizi havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz tomonidan yo‘q qilinadi», dedi Rossiya prezidenti.

Ukraina shu hafta Belgorod viloyatida ham viloyat markazida, ham Rossiya bilan chegarada uyushtirilgan zarbalar haqida izoh bermayapti.

Eslatib o‘tamiz,  15-17 mart kunlari Rossiyada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘z navbatida Rossiya ham Ukraina bo‘ylab zarbalarni to‘xtatmayapti.  Jumladan,  Odessaga berilgan raketa zarbasi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.  Odessada motam e’lon qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring