Putin hibsga olinish tahdidi tufayli Janubiy Afrikaga bormaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga bormaydi, mamlakat rasmiylari uni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olishlari mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avgust oyida Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda Janubiy Afrika prezidenti sayti.
O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Putin sammitda qatnashmaydi, biroq Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi.
Mart oyida Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Putinni «ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish» ayblovi bilan hibsga olish uchun order bergandi. Janubiy Afrikaga tashrif ushbu ayblovdan keyingi ilk rasmiy xorijiy tashrifi bo‘lishi mumkin edi.
Janubiy Afrika Rim statutining ishtirokchisi bo‘lib, agar Putin bu hududiga kelsa, mamlakat rasmiylari order asosida uni hibsga olishga majbur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter