Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin chaqiruv yoshini oshirishga rozilik berdi

Putin chaqiruv yoshini oshirishga rozilik berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligining chaqiruv yoshini 30 ga oshirish taklifini qo‘llab-quvvatladi, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Konsepsiyaviy jihatdan bu g‘oya davlat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, ammo bu g‘oyaning tafsilotlari haqida Mudofaa vazirligidan ma’lumot olishi kerak», qayd etdi Peskov.

Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2022 yil dekabr oyida Putin ishtirokida bo‘lib o‘tgan departamentning yakuniy hay’atida chaqiruv yoshini bosqichma-bosqich 18 yoshdan 21 yoshgacha, yosh chegarasini esa 30 yoshgacha oshirishni taklif qilgan edi.

11 yanvar kuni Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov 2023 yil 1 apreldan boshlanadigan chaqiruv vaqtida 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar armiyaga chaqirilishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring