Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshaning g‘arbiy hududlari Stalinning polyaklar uchun sovg‘asi bo‘lgan – Putin

Polshaning g‘arbiy hududlari Stalinning polyaklar uchun sovg‘asi bo‘lgan – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan uchrashuvda Polsha hukumatining Ukraina bilan bo‘layotgan mojarodagi munosabatlari haqida to‘xtaldi.

«Polsha yetakchilariga kelsak, ehtimol ular NATOning soyasi ostida qandaydir koalitsiya tuzib, Ukrainadagi mojaroga bevosita aralashishni va o‘zlarining tarixiy hududlari – bugungi G‘arbiy Ukrainani qaytarib olishni kutishayotgandir», — dedi Putin.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Varshava Belarus yerlarining ham bir qismini olishni istaydi.

Uchrashuvda Rossiya rahbari Moskva Belarusga qarshi ehtimoliy tajovuzga barcha vositalar bilan javob berishga tayyorligini aytdi. Shuningdek, u Tashqi razvedka xizmatiga Polshaning Ukraina bo‘yicha rejalarini kuzatishni topshirdi.

«SSSR tufayli, Stalin tufayli Polsha g‘arbda muhim yerlarni — Germaniya yerlarini olgan edi. Aynan shunday. Bugungi Polshaning g‘arbiy hududlari Stalinning polyaklar uchun sovg‘asi. Varshavadagi do‘stlarimiz buni unutib qo‘yishgan. Biz eslatib qo‘yamiz», — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Putin Qrimning anneksiya qilinishi oldidan ham Ukrainaga bostirib kirishini oqlash uchun Sovet hukumatining hududiy «sovg‘alari» haqidagi ayblovlardan foydalangan.

Putin, shuningdek, qo‘shni Qozog‘istonning shimoliy qismlariga nisbatan ham sobiq ittifoq yerlari ekani va bu yerlar qozog‘istonliklarga tegishli bo‘lmagani haqidagi iddaolarni qilib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring