Pokiston ayanchli ahvolda (foto)
Bir necha oylardan buyon davom etgan jala-yomg‘irlar oqibatida Pokistoning katta qismini suv bosgani xabar qilingandi.
Suv toshqinlari qurbonlari soni 1 265 nafardan oshdi, tabiiy ofatdan bevosita 33,4 million pokistonlik jabr ko‘rdi.
Pokiston tarixidagi eng yirik toshqinlarda millionga yaqin uylar vayron bo‘lgan, ularning yashovchilari esa ko‘chada qolgan. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining 45 foizi suv ostida qolgan.
Shu sabab mamlakatda misli ko‘rilmagan darajada inqiroz yuzaga kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Pokistonga 40 tonnaga yaqin beg‘araz yordam jo‘natgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter