Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov «Birinchi kanal» jonli efiridagi voqeaga munosabat bildirdi

Peskov «Birinchi kanal» jonli efiridagi voqeaga munosabat bildirdi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov kecha kechqurun Rossiyaning «Birinchi kanal»i jonli efirida sodir bo‘lgan voqeani «bezorilik» deb atadi.

«Bu bezorilik. Telekanal ma’muriyati va bunga mas’ul xodimlar holat bo‘yicha shug‘ullanishmoqda. Bu bizning kun tartibimizdagi savol emas», dedi Peskov jurnalistlar uchun tashkil etilgan kundalik brifingda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «har qanday telekanalning jonli efiri muhim jarayon bo‘lib, u yerda ishlayotganlar uchun katta mas’uliyat bor».

Eslatib o‘tamiz, «Birinchi kanal» muharriri Marina Ovsyannikova kutilmaganda jonli efir vaqtida Ukrainada kechayotgan urushga qarshi bayonot berib: «Urushni to‘xtating. Propagandaga ishonmang. Bu yerda sizni aldashmoqda. Ruslar urushga qarshi» degan yozuvni ko‘tarib chiqqandi. U qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring