Tojikistonliklar Rossiyaga bormay turishi tavsiya etilmoqda
Tojikiston hukumati o‘z fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi saytida xabar paydo bo‘ldi.
Bir kun avval Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga mamlakat fuqarolarining RFga kirishiga ruxsat berilmayotganidan xavotir bildirgan edi. Tojikiston fuqarolari uchun qiyinchiliklar bir necha haftadan beri Crocus City Hall’dagi teraktdan keyin paydo bo‘lmoqda.
Asia Plus agentligining xabar berishicha, yuzlab Tojikiston fuqarolari Qozog‘istonning Janubiy Ural viloyati va Rossiyaning Orenburg viloyati chegarasida qolib ketgan.
Avvalroq Moskvadagi terakt sabab 21 yoshli fuqaro qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter