Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yuboradi

Belgiya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yuboradi

Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo yil oxirigacha Ukrainaga F-16  qiruvchi samolyotlari yuborilishini ma’lum qildi.

Aleksandr de Kroo qiruvchi samolyotlar puli muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan to‘lanishini aytgan.

Belgiyada ko‘plab muzlatilgan rus aktivlari borligini eslatgan de Kroo: «Ukrainlar o‘zlarini himoya qilishlari uchun ruslarning pullaridan foydalanamiz. Samolyotlar uchun xarajatlar Belgiya budjetidan to‘lanmaydi».

Unga ko‘ra, F-16 qiruvchi samolyotlari yil oxirigacha Ukrainaga yuboriladi: «Bu Ukraina mudofaasi uchun katta qadamdir. Mamlakatimiz allaqachon F-16 koalitsiyasining a’zosi sifatida yetkazib berilgan samolyotlarni ta’mirlash va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash uchun mas’ul edi. Ammo endi biz Ukrainaga samolyotlar yetkazib beradigan cheklangan davlatlar qatoriga qo‘shildik».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring