Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peruning uch kunlik bosh vaziri iste’foga chiqdi: «Gazetalarni sudga beraman»

Peruning uch kunlik bosh vaziri iste’foga chiqdi: «Gazetalarni sudga beraman»

Foto: «17blogs.com»

Peru bosh vaziri Ektor Valer Pinto iste’foga chiqdi. U oilaviy zo‘ravonlikda ayblayotgan edi.

«Men ashaddiy o‘ng kuchlar bilan aloqador gazetalar tomonidan mag‘lub etilganimni tan olaman. Ayblovlar yolg‘onga qurilgan. Buni to‘g‘ri deb dastaklagan odamlarni sudga beraman», — deya bayonot berdi Pinto bosh vazirlik faoliyatining to‘rtinchi kuni davlat telekanalida bergan bayonotida.

2021-yilning iyul oyida vazifasini bajarishga kirishgan Peru prezidenti shu haftada faoliyatidagi uchinchi vazirlar mahkamasi tarkibidan qasamyod qabul qilib olgandi.

Perudagi ayrim ommaviy axborot vositalari yangi bosh vazirning xotini va qizi oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilari sifatida 2016-yilda ikki marta shikoyat qilishganini yozdi. O‘zini oqlashga uringan Pinto hech qachon «zo‘ravon» bo‘lmagani va biron marta sudlanmaganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring