Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon rahbari Ukraina urushi qay tarzda tugashini aytdi

Pentagon rahbari Ukraina urushi qay tarzda tugashini aytdi

Ukrainadagi mojaroning yechimiga diplomatik muzokaralar orqali erishiladi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma’lum qilgan. 

«Mening fikrim bilan qiziqmoqchi bo‘lsangiz, bu mojaro qachondir baribir muzokaralar bilan yakunlanadi», dedi u.

AQSh mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ostinning qo‘shimcha qilishicha, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish vaqtini Ukraina rasmiylari o‘zlari tanlaydi.

Shuningdek, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko urushning 2024-yil tugashiga ishonmasligi haqida ma’lum qildi. Lukashenkoga ko‘ra, mojaro hatto 2025-yilda ham barham topishi qiyin. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning g‘alaba rejasiga ko‘ra, urush 2025-yilda yakun topishi mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring