Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon noma’lum uchar jism videosini rasman e’lon qildi

Pentagon noma’lum uchar jism videosini rasman e’lon qildi

Foto: «Youtube.com»

Pentagon noma’lum uchar jismlar (NUJ) qayd etilgan uchta qisqa videoni rasman keng ommaga taqdim etdi va ularning haqiqiyligini tasdiqladi. Bu haqda «CNN» xabar bergan.

Uchar jismlar samolyot bortidagi infraqizil kamera yordamida tasvirga olingan. Ikkita videoda NUJning tezligini hayrat bilan ta’riflayotgan harbiylarning ovozi quloqqa chalinadi. Guvohlardan biri uchar jism dron bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari videoning haqiqiyligini tasdiqlagan va ommaga taqdim etishdan maqsad videoda sodir bo‘layotgan hodisaning haqqoniyligiga nisbatan mish-mishlarni yo‘qotishdan iborat. Ekspertlarning ta’kidlashicha, roliklarni e’lon qilish Amerika texnologiyalari imkoniyatlari haqida hech qanday tafsilotlarni oshkor etmaydi.

Ma’lumki, Pentagonda harbiylarning noma’lum uchar jismlar bilan uchrashganligi haqida boshqa ko‘plab dalillar mavjud. Ular sir saqlanadi. 2012-yilgacha boshqarma AATIP ilg‘or aviatsiya tahdidini aniqlash dasturini (The Advanced Aviation Threat Identification Program) qo‘llab-quvvatlagandi. Jumladan, uning doirasida shunga o‘xshash hodisalar o‘rganilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring