Muxolifat yetakchisi Armaniston bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi
Muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan xalq uni tanlagan taqdirda Armaniston bosh vaziri bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Shunday bo‘lishining ehtimoli katta», — degan u Yerevandagi brifingda.
Muxolifatchining so‘zlariga ko‘ra, uni 90 foiz saylovchi qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, u bosh vazir xalqdan chiqishi kerakligini, Respublikachilar partiyasi davri esa yakun topganini ta’kidladi.
23-aprel kuni Serj Sargsyan norozilik namoyishlari tufayli bosh vazir lavozimini tark etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter