Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston mintaqa uchun tahdid manbai bo‘lib qolyapti – Ilhom Aliyev

Armaniston mintaqa uchun tahdid manbai bo‘lib qolyapti – Ilhom Aliyev

Ozarboyjon prezidenti Armanistonni Janubiy Kavkaz uchun tahdid manbai deb atadi va uni qurollanish tufayli keskinlikni kuchaytirishda aybladi.

«Men aval ham Armaniston Ikkinchi Qorabog‘ urushi va aksilterror operatsiyasi natijalariga juda jiddiy yondashishi kerakligini aytgandim. Armanistonda kechayotgan qurollanish jarayoni, shubhasiz, Janubiy Kavkaz uchun yangi tahdid omilidir.

Lekin yana bir bor aytmoqchimanki, biz chetdan shunchaki kuzatuvchi bo‘lib turolmaymiz. Men bu haqda Armaniston rahbariyatiga bir necha bor aytganman, bu yangi xavf tug‘dirishi mumkin. Shu bilan birga, bugun Armanistonning orqasida turib, uni, ehtimol, Ozarbayjonga qarshi yangi provokatsiyalarga undaydiganlar oxirigacha uning ortida turmasligi aniq. Xuddi ular 2020 yil va yoki undan keyingi vaziyatlardlagi kabi», – deydi Ilhom Aliyev Azertag nashriga bergan intervyusida.

Ozarbayjon rahbari, shuningdek, Yerevanni harbiy salohiyatni oshirishdan voz kechishga chaqirib, Zangezur yo‘lagining ochilishiga va Armaniston tinchlik shartnomasi bo‘yicha Bokuning shartlarini qabul qilishiga umid qilishini bildirgan.

«Armanistonni qurollantirish shunchaki yangi keskinliklarga olib keladi. Biz buni xohlamaymiz, biz tinchlikni xohlaymiz.

Biroq, Armanistonning o‘zi ham, uning yangi homiylari ham buni istamasligini ko‘ryapmiz. Ular revanshistik g‘oyalar bilan yashaydi va Armaniston aslida mintaqa uchun tahdid manbai hisoblanadi. Mustaqil Armaniston davlati mohiyatan fashistik davlatdir. Chunki bu davlatni qariyb 30 yil davomida fashistik mafkura tashuvchilari boshqargan bo‘lsa, ular bu davlatni o‘z qiyofasida shakllantirgan», – deydi Aliyev щz intervyusida Armanistonning Ozarbayjonga nisbatan 30 yillik ishg‘oli, Xo‘jayli qirg‘ini, vayron bo‘lgan Qorabog‘ haqida eslatib.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring