Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Prezidenti ham virtual qabulxona ochadi

Qozog‘iston Prezidenti ham virtual qabulxona ochadi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning virtual qabulxonasi 22 aprel kuni ish boshlaydi, deya xabar beradi Davlat rahbari matbuot kotibi Berik Uali.

«Davlat rahbari har kuni turli manbalardan ko‘plab ma’lumotlar oladi. Prezident shuningdek, yangi aloqa vositalari — Internet resurslari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ham ishlaydi.

Axborot oqimi kundan kunga ortib bormoqda. Prezident voqealar tizginini doimo qo‘lida ushlab turishi kerak. Davlat siyosatining ustuvorligi aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish, jamiyat bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Qozog‘iston Prezidenti yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda rahbarlarga ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish uchun ko‘proq ish qilishni topshirdi. Davlat rahbari sifatida Qosim-Jomart Tokayev o‘zi o‘rnak bo‘lib — Twitter va Instagramda o‘z sahifasini ochdi.

Ular ko‘proq tizimli ishlashni talab qiladigan qimmatli va muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun Davlat rahbari Prezidentning virtual qabulxonasini ochishga buyruq berdi, bu yerda odamlar rasmiy so‘rovlar bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Har bir murojaat Prezident va uning topshirig‘iga binoan – Ma’muriyat xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Virtual qabulxona, albatta, Davlat boshlig‘iga ularni tezkor hal qilish uchun eng dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlashga yordam beradi», — deb yozadi Berik Uali o‘zining Facebook sahifasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring