Turkiya iqtisodiyoti retsessiyaga tushib qoldi
Turkiya statistika instituti ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotida 2018-yilning to‘rtinchi choragida yillik kesimda 3 foizga qisqarish ro‘y berdi. Bu haqda «Regnum» xabar bermoqda.
Agarda 2018-yilning uchinchi choragida ham mamlakatda YaIM 1,6 foizga pasaygani inobatga olinsa — Turkiya rasman retsessiya hududiga qadam qo‘ydi (iqtisodiyot ko‘lami ketma-ket ikki chorak mobaynida qisqarsa shunday bo‘ladi). Buning nimaligi esa turklarga 2009-yilgi tajribadan ma’lum.
O‘tgan yil sentyabrida Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani yillik 17,75 foizdan 24 foizgacha oshirgandi. Buning ortidan turk lirasi kursi AQSh dollariga nisbatan o‘sdi. O‘z navbatida, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya iqtisodiyotiga inqiroz begona ekanligini, inqiroz haqidagi da’volar hiyla ekanini ta’kidlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter