Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,8 foizga o‘sdi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,8 foizga o‘sdi

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 751 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu o‘rtacha almashuv kursi (11 556,2 so‘m) bo‘yicha qariyb 65 mlrd AQSh dollariga teng.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sgan.

2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 20,7 mln. so‘m (1 789,5 AQSh dollari)ni tashkil etib, 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 foizga oshgan.

2022-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 888,3 trln. so‘mni tashkil etib, 5,7 foizga o‘sgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring