O‘zbekiston YaIMsi bir yilda qanchaga o‘sdi?

O‘zbekiston YaIMsi bir yilda 6,5 foizga o‘sdi.
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 1 454 573,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023 yilning mos davriga nisbatan 6,5 % ga o‘sdi.
Sanoat tarmog‘ining o‘sishi 6,8 % ni tashkil etdi va YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 1,7 f.p.ni tashkil etdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi 3,1 % ni tashkil etdi va YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,6 f.p.ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining o‘sishi 8,8 % ni tashkil etdi. Qurilish tarmog‘ining YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,6 f.p.ni tashkil etdi.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘sish sur’ati 7,7 % ni tashkil etdi. Shundan savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 11,1 % ga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 13,4 % ga hamda boshqa xizmat sohalari 4,5 % ga o‘sdi. Xizmatlar ko‘rsatish sohasining YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 3,3 f.p.ni tashkil qildi.
Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi 6,0 % ga o‘sdi va uning YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,3 f.p.ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter