Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Yerning «silkitishi»dan xavotirda

Olimlar Yerning «silkitishi»dan xavotirda

foto: Ochiq manbalardan

Yer yuzidagi seysmik faollik global isish bilan birga ortib bormoqda.

Nature Communications jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda olimlar iqlim o‘zgarishi yerning tez-tez silkinishiga sabab bo‘layotganini aniqladilar. Ya’ni okean to‘lqinlaridagi tebranishlar yerni «silkitadi». Bo‘ronli okean to‘lqinlari natijasida seysmik shovqin hosil bo‘ladi, bunda to‘lqinlar turli yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi, ular okean tubida bosimning o‘zgarishiga olib keladi.

Signalning yana bir turi dengiz tubida surish va tortishish ta’sirida harakatlanuvchi to‘lqinlardan hosil bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, jarayon taxminan 300 metr suv chuqurligi bo‘lgan joylarda sodir bo‘ladi, chunki chuqurlik oshgani sayin suvning harakati tezda zaiflashadi. Antarktida va Shimoliy Atlantika yaqinida o‘tkazilgan tadqiqotda seysmik faollik bilan bog‘liq energiyaning ortishi aniqlandi.

Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan asrning oxirida global okean to‘lqinlari energiyasi har yili o‘rtacha 0,27% ga oshgan. Bu asrda o‘rtacha yillik o‘sish 0,35% gacha ko‘tarildi.

Olimlarning qayd etishicha, okean Yer yuzasidan issiqlikni yutadi va uning asta-sekin isishiga olib keladi. Bu jarayon seysmik faollikni paydo qiladi va jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ya’ni zilzilalardagi og‘ishlar sabab kelib chiqadigan kuchli bo‘ronlar, vulqon otilishi, ko‘chkilar va muzlarning ko‘chishi kabi hodisalarning halokatli oqibatlari ekotizimlarga ta’sir qilishi mumkin, shuningdek, inson hayoti va mulkiga xavf tug‘diradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring