O‘lim vodiysida Yer yuzidagi eng yuqori harorat qayd etildi
AQShning O‘lim vodiysi milliy parkida Yer yuzidagi eng yuqori harorat qayd etilgani aytilmoqda. Bu haqda 17-avgust kuni VVS xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vodiydagi havo harorati 54,4 darajaga yetgan. Bundan oldingi eng yuqori ko‘rsatkich ham 2013-yili O‘lim vodiysida kuzatilgan — o‘shanda havo harorati 54 darajagacha qizigan.
Ob-havo tarixchisi Kristofer Bertning so‘zlariga ko‘ra, 1931-yilda 55 daraja harorat qayd etilgan. Biroq mustamlakachilik davrlarida Afrikada qayd etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, zamonaviy olimlar 1913-yili O‘lim vodiysida qayd etilgan ko‘rsatkich borasida ham bahslashishadi — o‘shanda 56,6 daraja issiqlik qayd etilgani taxmin qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter