«Ok» belgisi irqchilik ramzi deya tan olindi
AQSh yahudiylarining nodavlat tashkiloti bo‘lgan «Amerika Anti-defamatsiyachilar» ligasi «Ok» belgisini (bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq birlashtirishdan hosil qilinadi) irqchilik ramzi deya tan oldi. Bu haqda «CBC News» xabar bermoqda.
«Huquq-tartibot idoralari va jamoatchilik ushbu belgining ma’nosi to‘g‘risida to‘liq xabardor bo‘lishi kerak, bu jamiyatda yoki maktablarda irqchilikning paydo bo‘lishi haqida birinchi ogohlantirish belgisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin»,- deydi tashkilot rahbarlaridan biri.
May oyida Estoniyaning konservativ Xalq partiyasi (EKRE) etakchilari Marta va Martin Xelme ushbu irqchilik jestidan foydalanishda ayblangan edi.
Kamsituvchi imo-ishora «oq kuch» degan ma’noni anglatuvchi Amerikaning o‘ng kuchlar harakatida paydo bo‘lgan. Avvaliga u mem sifatida mavjud edi, ammo uning keng tarqalishi raqiblarning keskin reaksiyasiga olib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter