Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ok» belgisi irqchilik ramzi deya tan olindi

«Ok» belgisi irqchilik ramzi deya tan olindi

AQSh yahudiylarining nodavlat tashkiloti bo‘lgan «Amerika Anti-defamatsiyachilar» ligasi «Ok» belgisini (bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq birlashtirishdan hosil qilinadi) irqchilik ramzi deya  tan oldi. Bu haqda «CBC News» xabar bermoqda.

«Huquq-tartibot idoralari va jamoatchilik ushbu belgining ma’nosi to‘g‘risida to‘liq xabardor bo‘lishi kerak, bu jamiyatda yoki maktablarda irqchilikning paydo bo‘lishi haqida birinchi ogohlantirish belgisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin»,- deydi tashkilot rahbarlaridan biri.

May oyida Estoniyaning konservativ Xalq partiyasi (EKRE) etakchilari Marta va Martin Xelme ushbu irqchilik jestidan foydalanishda ayblangan edi.

Kamsituvchi imo-ishora «oq kuch» degan ma’noni anglatuvchi Amerikaning o‘ng kuchlar harakatida paydo bo‘lgan. Avvaliga u mem sifatida mavjud edi, ammo uning keng tarqalishi raqiblarning keskin reaksiyasiga olib kelmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring