Nikola shifokorlarga quloq solmadi va sog‘lom bolani dunyoga keltirdi
Angliyaning Esseks grafligi fuqarosi shifokorlarning maslahatiga quloq solmasdan, xavfli operatsiyani boshidan o‘tkazdi va sog‘lom bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
26 yoshli Nikola Ginness teri bilan bo‘lingan ikkita bachadon bilan tug‘uruqni amalga oshirdi. Sakkiz yillik urinish davomida olti marta homilasidan judo bo‘lgan.
«Shifokorlar menga hech qachon tug‘olmasligimni aytishgandi», — deydi u.
Ginness farzandli bo‘lishning boshqa yo‘llarini axtara boshlaydi. Hatto singlisidan surrogat ona bo‘lishni iltimos qiladi. Biroq ko‘p o‘tmay jarroh unga terili devorni olib tashlash mumkinligini aytadi. Lekin unga bu operatsiyani tavsiya qilmaydi. Chunki u bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin. Ginness shifokorlarga quloq solmaydi va 2018 yil oktyabrda murakkab operatsiyani boshdan o‘tkazishga qaror qiladi. Sakkiz oydan so‘ng Nikola va uning turmush o‘rtog‘i Entoni Latta farzand kutayotganidan xabardor bo‘lishadi.
10 yanvar kuni sog‘lom bola dunyoga keldi. O‘g‘ilbolaga Reji deb ism qo‘yishadi. Bola muddatidan bir oy oldin Kesar kesish yo‘li bilan dunyoga kelgan bo‘lsa-da, uning hayoti va sog‘ligiga hech nima xavf solmayapti.
«U mukammal. Unga qarab to‘ymayapman. Shuncha yillik urinishlardan so‘ng dunyoga kelganiga ishonolmayapman», — deydi Ginness.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlik paytida ayrim qiyinchiliklarga duch kelgan. Shunga qaramay, hammasi muvaffaqiyatli tugadi.
«Operatsiyaga rozilik berishim oson bo‘lmadi, chunki shifokorlar ma’qullashmagandi, meni qo‘llab-quvvatlashmagandi. Ona bo‘lish orzusidan hech qachon voz kechmaganman. Kurashni to‘xtatmaganimdan baxtiyorman», — deb tan oladi Ginness.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter