Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrain noni. Netanyaxu kechagi voqeaga munosabat bildirdi

Ukrain noni. Netanyaxu kechagi voqeaga munosabat bildirdi

Foto: «24 Kanal»

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Ukraina aeroportidagi kutib olish marosimida rafiqasi Saraning non bo‘lagini yerga tashlab yuborganiga munosabat bildirdi. Siyosatchi voqeadan hurmatsizlik qidirgandan ko‘ra, rafiqasi qanday kiyinganiga e’tibor qaratishni so‘radi.

«U atayin ukrain milliy ranglaridagi kiyimda keldi. Samolyotdan tushganida ko‘rdingiz: sariq-moviy rangda. Bu aynan Ukrainaga hurmat yuzasidan», — dedi Netanyaxu.


Mavzuga oid: Isroil bosh vazirining rafiqasi ukrain nonini yerga tashlab yubordi (video)


U yana dediki, agar shu voqea bo‘lmaganida Isroil ommaviy axborot vositalari bosh vazirning Ukrainaga tashrifiga e’tibor qaratishmas ham edi. Qolaversa bu, Netanyaxuning ta’kidlashicha, tarixiy tashrif. Agarda bu maqomdagi tashriflarga jurnalistlarning e’tiborini shu tarzda tortishga to‘g‘ri kelarkan, shunday bo‘lsa qolsin.

«Aftidan, biz e’tiborni tortishning yangi usulini kashf qilibmiz. Davom etamiz», — dedi siyosatchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring