Netanyaxu isroilliklarni ofatdan ogohlantirmoqda
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda ehtimoliy zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ma’lum qildi.
«Bugun men Isroilda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazirliklararo komissiyani chaqirdim. Noyabr oyida biz keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazamiz, aholining erta ogohlantirish qobiliyatini yaxshilaymiz, shuningdek, eng xavfli joylarda joylashgan binolarni mustahkamlash ishlarini olib boramiz» deb yozdi Netanyaxu telegramdagi kanalida.
Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, u favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazirliklararo komissiyaga tegishli ko‘rsatmalar bergan.
Avvalroq Turkiyadagi kuchli zilzila aks-sadosini Isroilning shimoliy va markaziy hududlari aholisi ham his qilgani xabar qilingandi. Moddiy zarar va qurbonlar haqida xabar berilmagan, biroq rasmiylar holatdan xulosa chiqarib, tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter