Nazarboyev bir umrga saylangan ikki muhim lavozimidan mahrum bo‘ldi
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi (Majilis) birinchi prezident Nursulton Nazarboyevni mamlakat Xavfsizlik kengashi va Qozog‘iston xalqlari assambleyasi raisligidan chetlatish bo‘yicha konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi.
Bu haqda deputat Kanat Nurovga tayanib, Zakon.kz xabar bermoqda.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Elboshining o‘zi ham bu qadamga rozi bo‘lgan, bu haqda videomurojaati chog‘ida ham ma’lum qilgan.
Endilikda bu lavozimlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga tegishli sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi tartibsizliklar fonida Nazarboyev bir muddat jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘ygandi. Shu asnoda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev bayonot bilan chiqib, respublika Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini egallaganini ma’lum qildi.
Nazarboyevning o‘zi esa faqatgina 18 yanvar kuni videomurojaat yo‘llab, Qozog‘istondan ketmaganini va barchani prezident To‘qayev atrofida birlashishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter