Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tabrikladi

Foto: Tengrinews.kz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring