Aleksey Navalniyning bevasi sirtdan hibsga olindi
Rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya Rossiyada sirtdan hibsga olindi.
Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnayani hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Moskva sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Navalnaya ekstremistik jamiyatda ishtirok etganlikda ayblanmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi 2-qismi), deyiladi xabarda. U xorijda.
«Yuliya Borisovna dastlabki tergov organlaridan yashiringan va shuning uchun qidiruvga berilgan», - deyiladi sud matbuot xizmati xabarida.
O‘tgan hafta Yuliya Navalnaya Garri Kasparov o‘rniga Inson huquqlari jamg‘armasi (HRW) rahbari bo‘lgandi. Keyin Navalnaya HRW bilan hamkorlik unga va butun FBK jamoasiga (Rossiyada ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va taqiqlangan) «Alekseyning ishini davom ettirishga» yordam berishini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter