Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Navalniy sabab Rossiyani jazolamoqchi

AQSh Navalniy sabab Rossiyani jazolamoqchi

Amerika prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning o‘limiga javoban bir qancha harakat ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Biz harakat qilishning bir qancha variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz», deb ta’kidladi Amerika rahbari Moskvaga qarshi sanksiyalarni yangidan kuchaytirish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.

Uning bayonoti Navalniyning o‘limidan keyin Rossiyaga xalqaro bosim kuchayib borayotgani fonida yangradi.

G‘arb davlatlari yetakchilari Navalniyning o‘limida Rossiya rahbariyati, xususan Vladimir Putinni ayblamoqda. 

Bugun, 16-fevral kuni Yamalo-Nenets avtonom okrugi federal jazoni ijro etish xizmati muxolifatchi Aleksey Navalniy vafot etgani haqida xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan siyosatchi ikki oycha avval Vladimir viloyatidagi koloniyadan Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘idagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasiga ko‘chirilgan edi.

Bungacha u Rossiyaning Vladimir viloyatidagi qattiq tartibli koloniyada 22-marotaba jazo izolyatoriga joylashtirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring