Yuliya Navalnaya «terrorchilar» va «ekstremistlar» ro‘yxatidan joy oldi
Rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya «terrorchilar» va «ekstremistlar» reestriga kiritildi.
Rosfinmonitoring Aleksey Navalniyning bevasi Yuliyani «terrorchilar» va «ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritdi, deya xabar beradi departament sayti.
Uning Rossiya banklaridagi hisoblari bloklanadi. Siyosatchining bevasi ayni paytda Rossiyadan tashqarida yashamoqda.
Bir kun avval Yuliya Navalnaya Moskvaning Basmanniy sudi tomonidan sirtdan hibsga olingan edi. Moskva sudlari matbuot xizmatining xabar berishicha, Navalnaya ekstremistik jamiyatda ishtirok etganlikda ayblanmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi 2-qismi). Xuddi shu ishda Navalniyning advokatlari ishtirok etmoqda.
Time jurnaliga bergan intervyusida u erining «odamlarga umid berish» ishini davom ettirishga va’da berdi: «Va eng muhimi, men Kreml va uning rasmiylari tushunishlarini xohlayman: agar ular Alekseyni o‘ldirgan bo‘lsa, men uning o‘rnini egallayman», degan u.
Eslatib o‘tamiz, muxolifatchi Aleksey Navalniy 2024-yil fevral oyida qamoqxonada vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter