Myanmadagi tartibsizliklarda 50 dan ziyod odam halok bo‘ldi
Myanmada hukumatga qarshi isyonchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 50 dan ziyod kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Myanmar Now» yangiliklar portali xabar berdi.
«Harbiy hukumat isyonda qatnashayotgan odamlarni o‘z nazorati ostidagi OAVlar orqali ularning boshiga tasodifan o‘q kelib tegishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Shanba kuni davomida tongdan beri 50 dan ziyod odam o‘ldirilgan», — deyiladi portal xabarida.
Xabarga ko‘ra, xunrezliklar poytaxt Yangon hamda Bago, Mandalay shaharlari va ularga tutash hududlarda sodir etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter