Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Myanmada yana zilzila sodir bo‘ldi

Myanmada yana zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Reuters

Myanma poytaxti Neypidodan 10 km g‘arbda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Tailand meteorologiya departamenti xabar berdi.

Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Mamlakatning turli nuqtalarida 3,4 dan 3,9 gacha magnitudali yer silkinishlari qayd etilgan.

Jabrlanganlar va buzilishlar haqida xabar kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, Myanmada 28-mart kuni 7,7 ballgacha bir nechta yer silkinishi yuz berib, uning ta’siri Tailand, Xitoy va Vetnamda ham sezilgan, minglab odamlar qurbon bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring