Myanmada «Reuters» agentligining ikki nafar jurnalisti yetti yilga qamaldi
Bugun, 3-sentyabr kuni Myanma sudi «Reuters» agentligining ikki nafar jurnalistini yetti yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi, deb xabar bergan «Newsru.com». Ular mamlakatda musulmon-rohinjalar o‘ldirilishi yuzasidan surishtiruv davomida davlat sirini oshkor qilganlikda ayblangan.
«Reuters» reportyorlari — 32 yoshli Va Lon va 28 yoshli Kya So Oo 2017-yilning 12-dekabr kuni hibsga olingandi.
Jurnalistlarning aytishicha, ularga maxfiy ma’lumotlarni Myanma restoranlaridan birida ikki nafar politsiya xodimi bergan, shundan so‘ng ularni tutishgan.
«Reuters» bosh muharriri Stiven Adler bugungi kunni «Myanma, agentlik va butun dunyo matbuoti uchun qayg‘uli kun» dedi. Agentlik sud qaroriga avvaliga mintaqa keyin Oliy sud darajasida apellyasiya bermoqchi.
Qolaversa, BMT, Yevropa ittifoqi, AQSh, Kanada va Avstraliya Myanma sudidan o‘z qarorini o‘zgartirishni va jurnalistlarni ozodlikka chiqarishni so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter