Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Myanmada davlat to‘ntarishi yuz berdi

Myanmada davlat to‘ntarishi yuz berdi

Foto: «Twitter»

Myanma prezidenti Vin Min noma’lum shaxslar tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar bergandik. «Reuters» agentligi ma’lum qilishicha, mamlakatda davlat to‘ntarishi yuz berdi.

Mamlakat prezidenti Vin Min va bir paytning o‘zida Demokratiya uchun milliy liga partiyasi yetakchisi hamda tashqi ishlar vaziri Aun San Su Chji harbiylar tomonidan qo‘lga olingan.

Harbiylar partiyaning boshqa rahbarlarini ham qo‘lga olishmoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, mamlakatda bir yillik favqulodda holat e’lon qilinib, boshqaruv Myanma qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Min Aun Xlaina qo‘liga o‘tgan.

Davlat to‘ntarishiga sabab sifatida o‘tgan yil noyabr oyida o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilgani keltirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring