Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Myanma «Reuters»ning ikki jurnalistini ozodlikka chiqardi

Myanma «Reuters»ning ikki jurnalistini ozodlikka chiqardi

Foto: EPA/UPG

Myanmada «Reuters» agentligining jurnalistlari — Va Lon hamda Soye Oo Yangon qamoqxonasida o‘tkazilgan 500 kunlik tutqunlikdan so‘ng ozod etildi. Bu haqda agentlik bugun, 7-may kuni xabar berdi.

Reportyorlar Va Lon hamda Soye Oo Myanma fuqarolari sanalishadi. Ular milliy ozchilikni tashkil etuvchi musulmon-rohinjalar qirg‘in qilingani haqida reportaj tayyorlashgandi. Ularni maxfiy axborotni noqonuniy qo‘lga kiritganlikda ayblab hibsga olgan hukumat o‘tgan yil kuzida sud qilib, yetti yilga ozodlikdan mahrum etgandi.

Myanma hukumati mamlakat manfaatlaridan kelib chiqib, jurnalistlarni ozodlikka chiqarishga qaror qildi. Xabarlarga ko‘ra, mamlakatda yana 6,5 ming nafar mahkum amnistiya bo‘yicha erkinlikka chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring