Myanma prezidenti noma’lum kuchlar tomonidan qo‘lga olindi
Myanma prezidenti Vin Min, shuningdek, mamlakatning davlat maslahatchisi, amaldagi hukumat rahbari Aun San Su Chji noma’lum shaxslar tomonidan qo‘lga olingan, deb xabar qilmoqda «Reuters» hukmron «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi vakili so‘zlariga tayanib.
Uning ma’lum qilishicha, tashqi ishlar vazirligining rahbari bo‘lgan davlat maslahatchisi, prezident va hukmron partiyaning boshqa yuqori martabali vakillari erta tongda qo‘lga olingan.
«Men xalqimizga shoshilinch qaror chiqarmasliklarini, qonun asosida harakat qilishlarini xohlayman. O‘ylaymanki, ular tez orada meni ham qo‘lga olishga urinishsa kerak», — degan partiya vakili Mio Nyunt.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni bir qator ommaviy axborot vositalari mamlakatdagi 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarning noqonuniyligi to‘g‘risida qurolli kuchlar generallari va hukumat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar munosabati bilan Myanmada harbiy to‘ntarish ehtimoli haqida xabar bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter