Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva viloyatida ulkan omborxona yonib ketdi, qurbon borligi aytilmoqda

Moskva viloyatida ulkan omborxona yonib ketdi, qurbon borligi aytilmoqda

Moskva viloyatining Istra tumanidagi Petrovskoye qishlog‘ida yirik omborxona yondi. 

Bu haqda Moskva viloyati Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Hozirda uchastkada 11 kishi va 3 texnika ishlamoqda. Aviatsiya ham o‘t o‘chirishga jalb etilgan. 

RIA Novosti agentligi aytishicha, yong‘in maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil qilgan. Ombor hududidan jami 1000 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q. Lekin Shot Telegram kanali bir kishi qurbon bo‘lganini yozgan. 

OZON do‘koni matbuot xizmati ushbu ombor korxonaga tegishli ekanligini tasdiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring