Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni oshmoqda

Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni oshmoqda

Foto: Associated Press

Janubiy Koreyada 21-martda boshlangan o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 24 nafarga yetdi. Hukumat bu yong‘inlarni mamlakat tarixidagi eng yirik halokatlardan biri sifatida baholadi, deb yozdi Associated Press.

Koreya favqulodda vaziyatlarga chora ko‘rish markazi ma’lumot berishicha, yong‘inlar oqibatida 1300 yillik Gounsa budda ibodatxonasi va 200 dan ziyod binolar kuyib kulga aylangan, 17,5 ming gektar yerga ziyon yetgan. Xavfli hududlardan 27 ming kishi olib chiqilgan, 19 kishi jarohatlangan.

Foto: Associated Press

Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su bayonotiga ko‘ra, juma kunidan buyon tinmayotgan yong‘in shu paytgacha kuzatilgan barcha ofatlardan ko‘ra ko‘proq talafot yetkazdi. U bor kuchlarni jamlab, hafta yakuniga qadar yong‘inni jilovlash shartligini ta’kidladi.

Foto: Associated Press

Kuchli shamol uchqunni tarqatib, o‘t o‘chiruvchilarga qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Yong‘inlarga odamlar sababchi bo‘lgani taxmin qilinyapti: ular yerlarni tozalash uchun xas-xashaklarga o‘t qo‘yishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring