Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda avtobuslar to‘qnashuvi: qurbonlar ko‘p

Misrda avtobuslar to‘qnashuvi: qurbonlar ko‘p

Foto: «Report.az»

Misrning  markaziy qismidagi Soxag viloyatida avtobus bilan mikroavtobus to‘qnashuvi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Akhbar el-Yom portali.

Aniqlik kiritilishicha, Kena shahridan Misr poytaxti Qohiraga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi va mamlakat shimolidagi Mersa-Matrux shahridan al-Balabish qishlog‘iga ketayotgan mikroavtobus al-Koshex qishlog‘iga kiraverishda to‘qnashgan. Natijada yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan, 11 kishi turli darajada jarohatlangan. Rasmiylar ushbu hodisa yuzasidan tekshiruvni boshlashdi.

Misr yo‘l infratuzilmasi yomonligi bilan ajralib turadi. Misr Markaziy statistika byurosining (CAPMAS) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilda mamlakatdagi yo‘l-transport hodisalarining deyarli 80 foiziga inson omili sababchi bo‘lib, qariyb 3500 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboniga aylangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring